«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Pyer Saj hozircha o‘z lavozimida qolmoqda. Biroq London klubi rahbariyati uning o‘rniga boshqa mutaxassisni tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Diario AS jurnalisti Eduardo Burgosning xabar berishicha, «Kristal Pelas» rahbariyati Sajga iste’fo haqida rasman ma’lum qilmagan. Shunga qaramay, klub «Tottenhem»ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Frank bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Shuningdek, Saj Fransiyaning «Lans» klubini boshqarishga nomzodlardan biri hisoblanadi. Mutaxassisning o‘zi ham ushbu jamoaga qaytishga tayyor ekani aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, «Kristal Pelas» ushbu mavsum APLda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Londonliklar dastlabki 10 turda atigi 7 ochko jamg‘argan.
Ayni paytda «burgutlar» turnir jadvalida so‘nggi 20-o‘rinni egallab turibdi. Avvalroq «Kristal Pelas» bosh murabbiyini iste’foga chiqarmoqchi ekani ma’lum qilingan edi.