Live
1
O'zbek

Mahachev Nurmagomedovni himoya qilib, Dvalishvilini tanqid qildi

MMA
12 noyabr, 02:25
UFC chempioni Abu-Dabida yuz bergan janjalga munosabat bildirdi.
Mahachev Nurmagomedovni himoya qilib, Dvalishvilini tanqid qildi
Foto: Getty Images

UFCning yarim o‘rta vazn toifasidagi chempioni Islom Mahachev Abu-Dabida Usmon Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasida yuz bergan janjalga munosabat bildirdi.

«Hozir Usmon va uning do‘stlarini qoralab, haqorat qilayotganlardan so‘rayman: Merab hech qanday sababsiz dog‘istonlik kurashchini urganda, uning sha’niga tekkanida nega jim turdingiz?

U yigit Merabning oldiga yomon niyatda emas, faqat gaplashish uchun borgandi. Bugungi voqeani Merab o‘z yurtida boshlagan. U mehmonni urishga jur’at qildi va uning onasini ham haqorat qildi», — deb yozdi Mahachev.

Eslatib o‘tamiz, 10-iyun kuni Gruziyada RAF turniri oldidan Dvalishvili va Ahmad Hojimagomedov o‘rtasida janjal chiqqandi.

Hojimagomedov Merabdan Umar Nurmagomedov haqidagi salbiy gaplari sababini so‘ragan. Bunga javoban Dvalishvili uni urgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar