BAAning Abu-Dabi shahrida Usmon Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasida yuz bergan janjalning barcha ishtirokchilari politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Bu haqda jurnalist Ariel Helvani xabar berdi.
«Menga yetib kelgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, janjalning barcha ishtirokchilari, jumladan, Merab va uning do‘sti ham ko‘rsatma berish uchun politsiya bo‘limida.
Tushunishimcha, Merab jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘rab ariza bermoqchi emas. Biroq voqea jamoat joyida sodir bo‘lgan va kameraga tushib qolgan. Shu sababli hamma politsiyaga olib ketilgan.
Meni qiziqtirayotgan asosiy savol — UFC ushbu voqeadan keyin Usmon bilan shartnoma imzolaydimi? Bu vaziyat qanday hal qilinishini kuzatish qiziq», — dedi Helvani.
Hozircha politsiya tomonidan qanday qaror qabul qilinishi haqida ma’lumot berilmagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi