Live
1
O'zbek

Zidan: «Mbappe Italiyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi»

Futbol
11 noyabr, 23:15
    10
Fransiya bosh murabbiyi Kilianing Italiyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Zidan: «Mbappe Italiyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi»
Foto: Getty Images
12.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Italiya Italiya - : - Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Kilian Mbappe jarohat sabab Italiyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

«Kilian Italiyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. U yengil og‘riq sezdi. Bunday vaziyatlarda odatdagidek tavakkal qilmaymiz. Bu yoqimsiz holat, ammo futbolning bir qismi.

U yakshanba kuni Turkiyaga qarshi bahsgacha safga qaytishiga umid qilaman. Avval Orelyen Chuameni va Markus Tyuram bilan ham shunday vaziyatlar bo‘lgan.

Ular ikkinchi o‘yinda ishtirok eta olmagandi. Bunday hollarda futbolchilar uyda tiklanishi kerak», — deya Zidanning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiya va Italiya milliy jamoalari o‘rtasidagi Millatlar Ligasi 5-tur doirasidagi uchrashuv Milandagi «San Siro» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 13 noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar