Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe va bosh murabbiy Zinedin Zidan o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Xususan, «Real» futbolchisiga murabbiyning Turkiyaga qarshi bahsda (1:0) uni chap qanot vingeri sifatida maydonga tushirish qarori yoqmagan. O‘shanda markaziy hujumchi pozitsiyasida Usmon Dembele harakat qilgan.
Sentabr oyida Mbappe tizzasidan olgan jarohati sababli milliy jamoa ixtiyorini muddatidan oldin tark etgan. Manbaning xabar berishicha, o‘sha yig‘in davomida Zidan va Mbappe deyarli muloqot qilmagan.
Fransiya 12-noyabr kuni Millatlar ligasi doirasida safarda Italiyaga qarshi, 15-noyabrda esa uyda Turkiya bilan o‘ynaydi.
Mbappe va Zidan o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas — L'Equipe
Futbol
11 noyabr, 06:20
19
Sabab — murabbiy hujumchini chap qanot vingeri sifatida o‘ynatgani.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi