Bugun
48
O'zbek

Keyn: «Faoliyatim yakuniga qadar 20 dan ortiq sovrin yutishni istayman»

Futbol
11 noyabr, 15:58
Futbolchi 2011 yildan 2023 yilgacha «Tottenhem» safida biror rasmiy sovrinni qo‘lga kirita olmagan.
Keyn: «Faoliyatim yakuniga qadar 20 dan ortiq sovrin yutishni istayman»
Фото: Getty Images

«Bavariya» va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harry Kane sovrinsiz o‘tgan yillari, Myunxen klubi bilan ilk titulini qo‘lga kiritgani hamda kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.

Futbolchi 2011 yildan 2023 yilgacha «Tottenhem» safida biror rasmiy sovrinni qo‘lga kirita olmagan.

«Jamoa sovrinlarni qo‘lga kiritmayotgan bir paytda o‘zing yaxshi o‘ynayotganingni va ajoyib statistika qayd etayotganingni his qilish oson emas. Axir maydonga aynan sovrinlar uchun tushasan. Bu borada mening vaziyatim ancha o‘ziga xos edi. Bunchalik uzoq vaqt davomida hech narsa yuta olmagan boshqa futbolchi bo‘lganmi-yo‘qmi, bilmayman.

«Bavariya» bilan birinchi sovrinimni qo‘lga kiritganimda, yelkamdan katta yuk tushgandek bo‘ldi. Hech bo‘lmaganda, intervyu va matbuot anjumanlarida doim muhokama qilinadigan ushbu mavzuga chek qo‘yildi.

Bu menga xotirjam bo‘lish, o‘zimni erkin his qilish, ortiqcha o‘ylamaslik va keraksiz bosimdan xalos bo‘lishga yordam berdi.

Hozir faoliyatimning juda yaxshi davridaman. So‘nggi ikki yil ichida bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritdim va oldinda yana ko‘plab zafarlar kutib turishiga umid qilaman.

Faoliyatim yakuniga qadar 20 dan ortiq sovrin yutishni istayman. Shunda, ehtimol, dastlabki 10 yil davomida sovrinsiz qolganim haqida kamroq gapirishar», — deya Keynning so‘zlaridan keltiradi Bayern & Germany nashri.

Bugungi yangiliklar