Xorvatiya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Bu katta va o‘ziga xos uchrashuv. Angliyaga qarshi har bir o‘yin doim katta ahamiyatga ega. Bor diqqatimizni jamlashimiz, agressiv o‘ynashimiz va bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. Ayniqsa, o‘tgan oy inglizlarga uchragan og‘ir mag‘lubiyatimizdan keyin bu juda muhim.
Bizda kuchli motivatsiya bor. Nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatishni va hanuz o‘sha Xorvatiya ekanimizni isbotlashni istaymiz. Rijekada Angliyaga qarshi o‘yinda go‘yo butunlay o‘yindan uzilib qolgandek bo‘ldik», — dedi Kovachich.