Bugun
48
O'zbek

Maatsen «Aston Villa» bilan shartnomasini 2032-yilgacha uzaytirdi

Futbol
11 noyabr, 14:47
U 2024-yildan beri birmingemliklar safida o‘ynamoqda.
Maatsen «Aston Villa» bilan shartnomasini 2032-yilgacha uzaytirdi
Фото: Getty Images

«Aston Villa» himoyachisi Yan Maatsen klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, niderlandiyalik 24 yoshli futbolchi Birmingem klubida 2032-yilning iyun oyiga qadar harakat qiladi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, futbolchining maoshi ham ochiqlanmagan. Biroq u jamoada qolish istagi borligini avvalroq ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Yan faoliyati davomida «Charlton», «Koventri», «Byornli» va «Borussiya D» jamoalarida o‘ynagan. Aynan Bundesliga jamoasidan «Aston Villa»ga 2024-yilning yozida kelib qo‘shilgan. «Asalarilar» bilan Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar