Bugun
48
O'zbek

«Liverpul» Kamara bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

Futbol
11 noyabr, 15:09
«Monako» Kamaraning transfer qiymatini yanada oshirdi.
«Liverpul» Kamara bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
Фото: Getty Images

«Liverpul» klubi «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamarani yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Daily Mail jurnalisti Lyuis Stilning ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar senegallik 22 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kamara «Chelsi»ga o‘tishga yaqin turgan edi. Londonliklar «Monako» bilan 55 million yevro evaziga transferni kelishib olgan va futbolchiga olti yillik shartnoma taklif qilgan. Biroq bitim yozgi transfer oynasining so‘nggi kuni amalga oshmay qolgan.

«Kamaraning nomi muhokamalardan tushmayapti. Men muloqot qilgan «Chelsi» manbalari ham «Liverpul» futbolchi bilan kelishuvga erishgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda», — dedi Stil.

Mersisaydliklarning futbolchiga qiziqishi Dominik Soboslai va Rayan Gravenberxning jarohatlari fonida yanada kuchaydi. Yozgi transfer amalga oshmay qolganidan so‘ng «Monako» Kamaraning transfer qiymatini 70 million yevrogacha oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar