«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara hamon «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Ingliz klubi futbolchini qo‘ldan chiqarmaslik uchun uning agentlari bilan aloqalarni kuchaytirdi. Shu orqali mersisaydliklar Kamara uchun da’vogar bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqib klublardan o‘zib ketishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, hozirda «Liverpul» vakillari ehtimoliy transfer shartlarini atroflicha o‘rganmoqda. Biroq hozircha «Monako» bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishilmagan. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Transfermarkt portali Lamin Kamaraning transfer qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda. Senegallik futbolchining «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.