Live
2
O'zbek

O‘zbekiston U17 jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Ekvador bilan durang o‘ynadi

Futbol
9 noyabr, 11:16
    4
Habibulloh Tohirov gol muallifi.
O‘zbekiston U17 jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Ekvador bilan durang o‘ynadi
Фото: ЎФА

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U17 jamoasi Ekvadorga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

61-daqiqada ekvadorliklar hisobni ochdi. 90+2-daqiqada esa Habibulloh Tohirov gol urib, U17 jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Xalqaro nazorat uchrashuvi
O‘zbekiston U17 — Ekvador U17 1:1
Gol:
Habibulloh Tohirov 90+2.
O‘zbekistonning boshlang‘ich tarkibi: Mehroj Sirojiddinov, Muhammad Hakimov, Mirjamol Anvarov, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiyev, Islom Ravshanov, Amirxon Erkinov, Muhammad Mamatov, Suhrob Sadirjonov, Ahrorbek Ravshanbekov, Asilbek Aliyev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Muhammadaziz Ro‘ziboyev, Nurmuhammad O‘ktamov, Jahongir O‘ktamboev, Mirkomil Murodov, Muhammadodilxon Orifxonov, Habibulloh Tohirov, Laziz Abduraimov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar