Raul «Real Oviedo»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi.
Shartnoma 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq klub Xulian Kalero va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni to‘xtatganini rasman e’lon qilgandi.
«Real»ning sobiq hujumchisi nomzodi «Oviedo» xo‘jayini Xesus Martinesga ma’qul kelgan. Raulning shaxsiy fazilatlari, professional tajribasi va futbol falsafasi klub rahbariyati tomonidan yuqori baholangan.
Bundan tashqari, Raulning o‘g‘li ham klubning zaxira jamoasi — «Vetusta» safida to‘p tepadi.
49 yoshli mutaxassis avval «Real»ning yoshlar jamoasi hamda ikkinchi jamoasi — «Kastiliya»ni boshqargan.
Ayni paytda «Oviedo» Segunda turnir jadvalida 13 turdan so‘ng 21 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.
Raul — «Real Oviedo» bosh murabbiyi
Futbol
9 noyabr, 08:29
14
«Real»ning sobiq hujumchisi Segunda klubini boshqaradi.
Foto: Real Oviedo
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi