Live
2
O'zbek

Nodir Abdurazzoqov: «Rossiya va Saudiyaга qarshi o‘yinlar foydali bo‘ladi»

Futbol
9 noyabr, 08:01
    6
O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqirilgan OKMK vingeri bo‘lajak bahslar oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Nodir Abdurazzoqov: «Rossiya va Saudiyaга qarshi o‘yinlar foydali bo‘ladi»
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi Rossiya (12 noyabr) va Saudiya Arabistoniga (17 noyabr) qarshi o‘yinlar oldidan yig‘inga kirishdi.

Uzoq tanaffusdan so‘ng milliy jamoaga chaqirilgan Nodir Abdurazzoqov bo‘lajak raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Milliy jamoadan chaqiruv olish har bir futbolchi uchun yoqimli. Xursand bo‘ldim. O‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.

Superliga o‘yinidagi gol nishonlashimning (qo‘ng‘iroq qilish va rad javobini olish ishorasi) milliy jamoaga chaqirilmayotganimga aloqasi yo‘q edi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda shunday talqin qilindi.

Rossiya va Saudiyaга qarshi o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ladi. Rossiya jismoniy tomondan kuchli bo‘lsa kerak, Saudiya Arabistonida esa chempionat kuchli va bu milliy jamoasiga ham ta’sir ko‘rsatsa kerak»,
— deya OKMK vingerining so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar