Live
2
O'zbek

«Surxon» – «Andijon» bahsi Zominda bo‘lib o‘tadi

Futbol
9 noyabr, 08:42
Termiz klubi bungacha uy o‘yinlarini Olmaliqda o‘tkazayotgan edi.
«Surxon» – «Andijon» bahsi Zominda bo‘lib o‘tadi
Foto: Sogdiana Jizzakh
19.11.2026, 11:00 O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon - : - Andijon Andijon

Ikkinchi davradagi uy o‘yinlarini asosan Olmaliqda o‘tkazib kelayotgan «Surxon» klubi Superliganing 28-turidan o‘rin olgan «Andijon»ga qarshi o‘yin Zominda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Ma’lumki, «Surxon» futbol klubi ayni vaqtda o‘z uy uchrashuvlarini vaqtincha Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan OKMK sport majmuasida o‘tkazib kelmoqda. Biroq Superliga taqvimiga muvofiq, 19-noyabr kuni «Surxon» jamoasi «Andijon»ni qabul qilishi, oradan bir kun o‘tib, ya’ni 20-noyabr sanasida esa OKMK jamoasi o‘z maydonida «Qizilqum»ga qarshi bahs olib borishi belgilangan.
Shu munosabat bilan bir sport inshootida qisqa vaqt oralig‘ida ketma-ket ikkita yuqori darajadagi rasmiy uchrashuvning o‘tkazilishi maydon qoplamasi holatiga ortiqcha yuklama keltirib chiqarishi mumkinligi inobatga olindi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan mamlakatimizdagi futbol maydonlarining sifatini saqlash, tabiiy chim qoplamasini asrab-avaylash, sport inshootlaridan oqilona va samarali foydalanish hamda chempionat uchrashuvlarini munosib sharoitlarda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, musobaqa davomida maydonlarning belgilangan talablarga javob berishini ta’minlash, futbolchilar uchun qulay va xavfsiz o‘yin sharoitlarini yaratish, shuningdek, uchrashuvlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Aynan shu omillarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan «Surxon» – «Andijon» uchrashuvini Jizzax viloyatining Zomin shahrida o‘tkazish belgilandi.

Shu tariqa «Surxon» jamoasi Superliganing 28-turidagi navbatdagi uy uchrashuvini Zomin shahrida o‘tkazadi. Mazkur o‘zgarish faqat uchrashuv o‘tkaziladigan manzilga taalluqli bo‘lib, bahsning belgilangan sanasi va boshlanish vaqti o‘zgarishsiz qoladi.

Hurmatli muxlislar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
«Surxon» futbol klubi matbuot xizmati barchangizdan uchrashuv manzili o‘zgarganini inobatga olishingizni hamda o‘yinni stadiondan kuzatishni rejalashtirgan muxlislar va OAV xodimlaridan tashriflarini yangilangan manzil asosida tashkil etishlarini so‘raydi.

Klubimiz o‘z navbatida, mazkur tashkiliy o‘zgarish yuzasidan bildirilgan tushunish va qo‘llab-quvvatlov uchun barcha muxlislarga minnatdorlik bildiradi», — deb yozadi Termiz klubi matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar