Live
3
O'zbek

Roʻziqul Berdiyev: «Murabbiy sifatida har ikkala jamoa futbolchilaridan uzr soʻrayman»

Futbol
8 noyabr, 15:10
«Nasaf» ustozi Buxorodagi gʻalabadan soʻng fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Roʻziqul Berdiyev: «Murabbiy sifatida har ikkala jamoa futbolchilaridan uzr soʻrayman»
Foto: FC Nasaf

«Nasaf» klubi Superliga 27-turida Buxoroda (1:0) yagona gol evaziga muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi.

Ushbu gʻalabadan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

— Avvalo, bugungi gʻalaba uchun yigitlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki biz uzoq safarlardan yoʻl bosib keldik. Hatto, 8 soatlab aeroportda toʻxtashimizga toʻgʻri keldi. Shunga qaramay, futbolchilar maydonda jang qilishdi, xarakter koʻrsatishdi va muhim gʻalabaga erishdik. Oʻyinga kelsak, menimcha, bundan boshqacha ham boʻlmasligi kerak edi. Uzun toʻplar, kurashlar, standart vaziyatlar. Koʻproq shunga urgʻu berilgan oʻyin boʻldi. Muxlislarni va barcha klub aʼzolarini tabriklayman.

— Zafarmurod Abdurahmatov maydonga tushmadi. Bu charchoq bilan bogʻliqmi yoki sport formasida oʻzgarish bormi?

— Zafarmurod va Sardor Bahromov ikkala bizda yoʻqotish edi. Oldingi oʻyinda Bahromovda jarohati borligi uchun zaxiraga olgandik. Abdurahmatovning oyogʻida yengil jarohat borligi uchun bugun tavakkal qilmadik. Bundan tashqari, Murod Rahmatov oʻynamadi. Shunga qaramay, yigitlar xohish va ishtiyoq topishdi.

— Siz bilan Mirjalol Qosimovni Karlo Anchelotti va Xosep Gvardiolaga oʻxshataman. Ularning faoliyatida dam olish holatlari kuzatilib turiladi. Masalan, sizda ham qachondir bir-ikki yil dam olish, farzandlari, nabiralari davrasida vaqt oʻtkazyapti, degan holat yuzaga keladimi?

— Albatta, biz ham charchaymiz. Dam olishni istagandim. Oʻtgan safar bu haqida gapirdim. Tanaffus yomon boʻlmasdi. Bu savolga qisqagina aytaman: jamoaga qancha kerak boʻlsa, shuncha yordam beraman.

Yana bir narsani taʼkidlab oʻtishim kerak, shaxsan oʻzim ikkala jamoa futbolchilaridan uzr soʻrayman. Bunaqa maydonda futbol oʻynashga majbur qilayotganimiz...Bunday maydonni yaqin atrofda koʻrmagandim. Futbolchilarning bu maydonga chiqib oʻynashi ham jasorat. Murabbiy sifatida ikkala jamoa oʻyinchilaridan uzr soʻrayman, bunaqa maydonda ularni oʻynatishga majbur qilyapmiz. Bu juda ogʻir. Maydon holati yaxshilanadi, deb oʻylayman», — deya Berdiyevning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar