«Paxtakor» klubi uyida «Qo‘qon-1912»ni 3:1 hisobida taslim qildi. Ushbu bahsdan keyin mezbonlar ustozi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yinni yaxshi boshladik. Ikkita tezkor gol urdik. Undan keyin xotirjamlikka berildik va birinchi bo‘lim tugadi. O‘yin to‘liq nazoratimizda o‘tdi. Ikkinchi bo‘limga chiqishda futbolchilarga bitta gol o‘tkazsak qiynalamiz, deb aytgandik. Xuddi shunaqa bo‘ldi. Xursand qilayotgani oxirida gol urib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondik. Futbolchilarga o‘yin uchun rahmat.
- Mavsum davomida «Paxtakor»da vaziyatlardan foydalanishda oqsash kuzatilyapti. Birinchi bo‘limni o‘zidayoq hisobni yiriklashtirish mumkin edi. Shuningdek, jamoa gol o‘tkazsa, o‘ziga kelib olish uchun 10-15 daqiqa kerak bo‘lyapti.
- Bugungi o‘yinga kelsak, ko‘p vaziyatlar yaratdik. Ikkita goldan keyin xotirjamlikka berildik, yana darvozaga tepamaymiz. Darvozamizdan gol o‘tkazib yuborilgach, albatta xavotirga tushamiz. O‘yinga qaytish qiyin bo‘ladi. Shu bois biroz hayajon kelib chiqadi.
- Muhammadbobur Karimov o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalanyapti. Nazariy jihatdan chempionlik uchun imkoniyat bo‘lsa-da, yoshlar jamoasidan o‘yinchilarga ham imkoniyat berilib turilsa bo‘lmaydimi?
- Ikkita uchrashuvdan beri Saydaliyevni tushiryapmiz. Davron tushyapti, Dilshodbekov ham tushyapti. Oxirgi o‘yinlarida hammasiga imkoniyat beramiz», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Kamoliddin Tojiyev: «Ikkita goldan keyin xotirjamlikka berildik»
Eksklyuziv
8 noyabr, 13:57
Tojiyev matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Фото: Пахтакор ПФК
08.11.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Paxtakor Toshkent
3
:
1
Qo'qon-1912