«An Nasr» bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoasining Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida «Paxtakor» ustidan qozongan g‘alabasi (6:2) haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldo ishtirok etmadi. Jurnalistlar jamoaning hujumdagi sermahsul o‘yini portugaliyalik yulduzning maydonda bo‘lmagani bilan bog‘liqmi, deb so‘rashdi.
«Buning umuman aloqasi yo‘q. Ronaldo o‘ynagan oldingi bahsda ham 5 ta gol urgandik, uning o‘zi esa het-trik qayd etgandi.
Biz uchun eng muhimi — g‘alaba qozonish va o‘z futbolimizni namoyish etish», — dedi Postekoglu Al Nassr Zone’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, «An Nasr» 6 noyabr kuni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida safarda «Al Hazm» bilan o‘ynaydi.
Ayni vaqtda jamoa Elit Osiyo Chempionlar Ligasida 6 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. «Paxtakor» esa 2 ochko to‘plagan holda 14-pog‘onani band etgan.