«Milan» va «An Nasr» sobiq bosh murabbiyi Stefano Pioli Krishtianu Ronaldu bilan ishlash tajribasi haqida gapirdi.
«Agar uni mashq qildirmagan bo‘lsangiz, Ronalduning naqadar buyuk ekanini tushunmaysiz. U gol urishga ishtiyoqmand chempion va hurmat bilan muomala qiladi.
Krishtianu va Zlatan rostgo‘ylikni qadrlaydi. Men munosabatlarimizni ochiqlik va samimiylikka qurganman», — dedi Pioli Sky Sport’ga bergan intervyusida.
Piolining aytishicha, ularga o‘yinda qancha vaqt maydonda bo‘lishi yoki qachon almashtirilishini oldindan aytish muhim.
U bir safar «Milan»da shoshilib, Ibrohimovichni oldindan ogohlantirmay zaxiraga olgan. Zlatan bu haqda ertasi kuni gapirgan, ammo keyin hech narsa bo‘lmagandek muomala qilgan.
Avvalroq Ronaldu Jezus unga bergan va’dasini ikkinchi marta buzgani haqida gapirib o‘tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi