«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liganing 11-turida «Rasing»ga qarshi o‘yin (3:0) davomida mezbonlar futbolchilarining xatti-harakatidan norozi bo‘ldi.
Portugaliyalik mutaxassis uchrashuvning 10-daqiqasida Kilian Mbappega nisbatan ishlatilgan qoida buzilishi uchun «Rasing» darvozasiga belgilangan bahsli penaltidan keyin raqib futbolchilari hakamga ortiqcha bosim o‘tkazganini ta’kidladi.
Hakamning qarori mezbonlar muxlislari va futbolchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular o‘z e’tirozlarini faol tarzda bildirishdi.
DAZN kameralari Mourinyoning vaziyatni muhokama qilib, «Rasing» futbolchilarining harakatlaridan g‘azablanganini tasvirga muhrladi.
«Ular hamon la’nati hakam bilan gaplashishda davom etmoqda. Bu aqlbovar qilmas holat. U to‘rtinchi hakam bilan gaplashyapti, ammo asosiy hakam bilan emas.
Men bunday bosimni hech qachon ko‘rmaganman. Hech qachon bunday holatga duch kelmaganman», — dedi Mourinyo.
Ma’lumot o‘rnida, «qirollik klubi» La Liganing 11 turidan keyin 27 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 3-pog‘onasini egallab turibdi.