Bugun
45
O'zbek

Ronalduning o‘g‘li ilk bor Portugaliya U-17 terma jamoasiga chaqirildi

Futbol
3 noyabr, 00:45
Krishtianu Junior 2027-yilgi Yevropa chempionati saralash bahslarida ishtirok etishi mumkin.
Ronalduning o‘g‘li ilk bor Portugaliya U-17 terma jamoasiga chaqirildi
Foto: Getty Images

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Krishtianu Ronaldu Junior ilk bor Portugaliyaning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar milliy terma jamoasiga chaqirildi.

U bosh murabbiy Filipe Ramush tomonidan Yevropa chempionati-2027 saralash uchrashuvlariga jalb etilgan 23 nafar futbolchi ro‘yxatidan joy oldi.

17 yoshli hujumchi hozirda «An-Nasr»ning yoshlar jamoasida to‘p tepmoqda. U avvalroq Portugaliyaning U-15 va U-16 milliy terma jamoalari sharafini himoya qilgan. U-16 jamoasi safida 9 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan bo‘lsa, U-15 jamoasi tarkibida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Yevropa chempionati saralashi doirasida portugaliyaliklar 11-noyabr kuni Andorra, 14-noyabrda Bolgariya va 17-noyabrda Serbiya milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronalduning o‘zi Portugaliya milliy terma jamoasi safida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan. U har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha milliy terma jamoa rekordchisi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya (U17) Portugaliya (U17)
Bugungi yangiliklar