Live
7
O'zbek

Andrey Shipilov: «Mayda detallar ham juda muhim ahamiyat kasb etadi»

Eksklyuziv
8 noyabr, 13:27
Shipilov matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
Andrey Shipilov: «Mayda detallar ham juda muhim ahamiyat kasb etadi»
Фото: Қўқон-1912 ПФК
08.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 3 : 1 Qo'qon-1912 Qo'qon-1912

Superliganing 27-turidagi so‘nggi o‘yin — «Paxtakor» va «Qo‘qon-1912» bahsida mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin qo‘qonliklar ustozi Andrey Shipilov matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

- O‘yinni biz istagandek boshlay olmadik. Juda erta gollar o‘tkazib yubordik. Vaholanki, bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida ham bu haqda gaplashgandik. Kiyinish xonasida yigitlarga o‘yinning boshlanishi juda tezkor bo‘lishini, maydon namligi sababli to‘pning tez harakatlanishini, raqib esa yuqori bosim bilan o‘ynashga harakat qilishini aytgandim.

Ogohlantirgandim, bu yerda hech qanday murakkab narsa yo‘qligini, faqat o‘z pozitsiyangizni yo‘qotmaslik kerakligini tushuntirgandim. Ammo ikkita gol o‘tkazib yubordik.

Xudoga shukrki, bu vaziyatdan chiqib keta oldik. O‘zimizni qo‘lga oldik, o‘sha nokdaunдан keyin tiklandik. Ikkinchi bo‘limda esa nimalar bo‘lganini o‘zingiz ham ko‘rdingiz. Jamoamiz munosib ko‘rinish oldi, yaxshi gol urdik. Ammo o‘zimizning autdan to‘pni o‘yinga kiritishimiz natijasida penalti ishlab olganimiz juda tushunarsiz holat bo‘ldi. Yigitlarga ham aytdim: mayda detallar ham juda-juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Autdan to‘pni o‘yinga kiritib, raqib jarima maydonigacha olib borish va natijada penalti ishlab olish qanday yuz berganini tushunmayapman. Oqibatda hisob 3:1 bo‘ldi.

— Ikkinchi bo‘limda markaziy himoyachingiz jarohat oldi va siz uning o‘rniga tayanch yarim himoyachisini tushirdingiz. Keyin esa markaziy yarim himoyachi markaziy himoyachi sifatida harakat qildi. Vaholanki, zaxirada yana ikki nafar markaziy himoyachi bor edi. Nega bunday qaror qabul qildingiz?

- Buni faqat jamoa bilan kechayu kunduz birga bo‘ladigan murabbiygina tushunishi mumkin. Uning hissiyotlari, vaziyatni qabul qilishi, nimalarni ko‘ra olishi — bularning barchasi muhim. Faqat jamoa bilan doimiy ravishda nazariy mashg‘ulotlarda, zalda va maydonda birga bo‘ladigan murabbiygina buni anglaydi. Masalan, tribunada o‘tirgan yoki o‘yinni televizor orqali kuzatayotgan inson buni tushunmaydi. Hech qachon tushunmaydi.

Hozir menga insonlarning nigohlari, ularning energiyasi kerak. Ijobiy kayfiyatga ega, o‘zini jamoa uchun fido qiladigan, mehnat qilishni istaydigan futbolchilar kerak. Kimning o‘ynashni xohlayotganini ko‘rib turibman. Ular o‘z rizqini halol mehnat bilan topishni istashyapti. Shuning uchun aynan shunday futbolchilar maydonga tushadi. Men har bir futbolchiga imkoniyat beraman. Ortiqcha tushuntirishlar berishni ham, shikoyat qilishni ham istamayman.
Maydonda borini berishga tayyor, klub g‘oyasi, natija va munosabat uchun kurashadigan futbolchilar o‘ynaydi. Munosabat — eng muhim jihatlardan biri. Men hammaga yetarlicha vaqt va imkoniyat berganman. Endi hech kimni ko‘ndirish niyatim yo‘q.
Men ishonchli deb hisoblagan futbolchilarga ishonaman. Murabbiylik hayoti shunday. Buni faqat jamoani boshqarayotgan inson tushunadi. Hatto futbolchining o‘zi ham buni to‘liq anglamasligi mumkin.

Futbolchilarga ham aytdim: agar futbolchi murabbiy bilan tortishishni boshlasa, demak, hammasi tugadi. Bu — men uchun qoida. Mening futbolchilik davrimda ham shunday bo‘lgan. Agar futbolchi ko‘p gapira boshlasa, murabbiyning ko‘rsatmalarini bajarmasa, u bilan xayrlashiladi.

Ammo menda hozir bunday imkoniyatlar yetarli emas. Berdiyev ham shunday derdi: «Bir marta aytdim, agar bajarmasa — xayr». Lekin bu Berdiyevning darajasi. Meni ham xuddi shunday tarbiyalashgan. Bolalar murabbiyim aytgan, katta jamoadagi murabbiyim aytgan — men esa ularning ko‘rsatmalarini bajarganman. Men ham ana shu qoidalarga amal qilaman», - deya Andrey Sergeyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar