Bugun Proligada so‘nggi 26-tur uchrashuvlari yakunlandi. Markaziy bellashuvda «Metallurg» Bekobodda «Orol»ni minimal hisobda yengdi. «Sho‘rtan» BuxDU darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. «Yaypan» esa «Lochin»ni yengdi.
26-tur natijalari:
Metallurg — Orol 1:0
Sho‘rtan — BuxDU 3:0
Jayxun — Olimpik MobiUz 0:3
Yaypan — Lochin 1:0
Paxtakor-Farm — Kattaqo‘rg‘on 0:2
G‘azalkent — RFA 0:3
Turnir jadvali:

Shu tariqa, Superliga yo‘llanmasi uchun kurashadigan pley-off ishtirokchilari aniqlandi. Unga ko‘ra, 1-bosqichda «Sho‘rtan» - «Olimpik-MobiUz» va «Metallurg» - FarDU juftliklari o‘zaro bellashadi. 2-bosqichda bu bosqich g‘oliblari o‘zaro to‘qnash keladi. 3-bosqichda pley-offda g‘alaba qozongan ishtirokchi Superliga vakili bilan bellashadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi