Live
2
O'zbek

Bekzod Mamatqulov: «Maqsadimiz — Osiyoda birinchi bo‘lish va jahon chempionatiga yo‘llanma olish»

Boshqalar
9 noyabr, 10:46
Bahodir Ahmedov keng jamoatchilikka tanishtirildi.
Bekzod Mamatqulov: «Maqsadimiz — Osiyoda birinchi bo‘lish va jahon chempionatiga yo‘llanma olish»
Фото: Ўзбекистон футзали

Bugun O‘FF anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovni keng jamoatchilikka tanishtirish marosimi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov ishtirok etdi.

«Bahodir Yo‘ldoshboyevichga ortiqcha ta’rif berishning hojati yo‘q. U futbolchi sifatida ko‘p karra mamlakat chempioni va sovrindori, O‘zbekiston kubogi sohibi, Osiyo kubogi vitse-chempioni hamda bronza medali sovrindori bo‘lgan. Murabbiy sifatida esa milliy jamoamizni qit’a miqyosidagi musobaqalarda ikki marta shohsupaga olib borgan, Jahon chempionatida jamoamizni tarixda ilk bor pley-off bosqichiga olib chiqqan mutaxassisdir.

Qolaversa, u milliy jamoada faoliyat yuritgan barcha xorijlik mutaxassislar bilan yonma-yon, yelkama-yelka ishlab, katta tajriba to‘plagan. Shunday ekan, Bahodir Ahmedov bilan oldimizga ikkilanmasdan ulkan maqsad va vazifalarni qo‘ymoqdamiz. Yaqin istiqboldagi maqsadimiz Osiyo kubogini qo‘lga kiritish, jahon chempionatiga yo‘llanma olishdir.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi o‘zining strategik yo‘lini belgilab olgan va o‘z maqsadi yo‘lida doimo oldinga intiladi, yuksak marralar sari harakatni davom ettiradi , — dedi Bekzod Mamatqulov.

Bugungi yangiliklar