Live
2
O'zbek

Pau Kubarsi — «Golden Boy-2026» sohibi

Futbol
9 noyabr, 10:57
    22
O‘tgan yili ushbu sovrin «PSJ» vingeri Desiré Duega nasib etgandi.
Pau Kubarsi — «Golden Boy-2026» sohibi
Фото: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi Yevropaning yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy («Oltin bola») mukofoti g‘olibi deb topildi. Bu haqda mukofot tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishdi.

O‘tgan yilgi sovrin sohibi Fransiyaning «PSJ» klubi futbolchisi Desiré Due bo‘lgandi. Bundan ikki yil avval esa ushbu mukofotni yana bir «Barselona» vakili Lamin Yamal qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, Pau Kubarsi bu mavsumda «Barselona» safida Ispaniya chempionatining 9 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, himoyachi Chempionlar ligasida 4 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Qayd etish joiz, Kubarsi Ispaniya milliy jamoasi safida 2026-yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar