Live
6
O'zbek

«Liverpul» Arauxoni 55 mln yevroga sotib olishga shoshilmayapti

Futbol
9 noyabr, 03:35
Klub uning transfer huquqini to‘liq sotib olish masalasini mavsum oxirigacha kechiktirmoqchi.
«Liverpul» Arauxoni 55 mln yevroga sotib olishga shoshilmayapti
Foto: Getty Images

«Liverpul» rahbariyati «Barselona»dan ijaraga olingan himoyachi Ronald Arauxoning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.

Mersisaydliklar urugvaylik futbolchining o‘yinidan mamnun. Biroq klub uning transfer huquqini to‘liq sotib olish masalasini mavsum oxirigacha kechiktirmoqchi.

«Liverpul» Arauxoni 55 million yevroga xarid qilish imkoniyatiga ega. Shunga qaramay, rahbariyat himoyachining qolgan uchrashuvlardagi harakatlarini ham kuzatib, shundan keyingina qaror chiqarishni rejalashtirmoqda.

27 yoshli futbolchi ushbu mavsumni Angliya klubida ijara asosida o‘tkazmoqda. U barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Arauxoning keyingi taqdiri mavsum yakunida hal bo‘lishi kutilmoqda. Avvalroq Ronald APLda 8-turining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar