«Kristal Pelas» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Pyer Sajni lavozimidan ozod etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Londonliklar APLda ketma-ket 4 ta mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 10-turda «Liverpul»ga 1:3 hisobida yutqazib, 7 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi, 20-o‘rnida bormoqda.
47 yoshli fransiyalik mutaxassis yozda Oliver Glasner o‘rnini egallagan edi. Uning qo‘l ostida «Kristal Pelas» barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta g‘alaba, 3 ta durang va 8 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Klub milliy jamoalar o‘yinlari uchun ajratilgan ikki haftalik tanaffusda yangi murabbiy tayinlamoqchi.
Nomzodlar orasida Tomas Frank, Shon Daych, Vitor Pereyra va Avstraliya milliy jamoasi ustozi Toni Popovich bor. Shuningdek, rahbariyat Frenk Lempard variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi