Italiya A Seriyasi tarixida ilk bor bir shaharning ikki jamoasi chempionatning dastlabki 11 turini mag‘lubiyatsiz yakunladi.
Gap Rimning «Latsio» va «Roma» klublari haqida ketmoqda. Ayni paytda «Latsio» turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Roma» 3-o‘rinni egallab turibdi.
E’tiborlisi, har ikki jamoa ham mavsum boshidan buyon biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. Bu Italiya chempionati tarixida ilgari kuzatilmagan natija hisoblanadi.
Rim derbisi birinchi davraning 15-turida, 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ungacha jamoalar yana 3 tadan uchrashuv o‘tkazadi. Agar har ikki klub ham mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirsa, o‘zaro bahsga yengilmagan holda yetib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Latsio» so‘nggi bor 2000-yilda, «Roma» esa 2001-yilda Italiya chempioni bo‘lgan. Avvalroq «Latsio» Gattuzo bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi