Chilining «Kolo-Kolo» klubi 2026 yilgi mamlakat chempionatida muddatidan avval g‘oliblikni rasmiylashtirdi.
Vozinya va Arturo Vidal to‘p tepadiган jamoa mavsumning hal qiluvchi qismida muvaffaqiyatli natijalar qayd etib, turnir jadvalidagi eng yaqin ta’qibchilaridan 10 ochkoga uzoqlashdi va musobaqa yakunlanishiga 3 tur qolganda chempionlikni nazariy jihatdan kafolatladi.
Bu «Kolo-Kolo» tarixidagi 35-chempionlik unvoni bo‘ldi. Shu tariqa, klub Chili futbolida eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoa sifatidagi rekordini yanada yaxshiladi.
Makul vakillari mavsum davomida barqaror o‘yin namoyish etib, asosiy raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, navbatdagi chempionlik «Kolo-Kolo»ga kelasi mavsumdagi Libertadores kubogining guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashish huquqini berdi. Bu jamoa murabbiylar shtabi mavsum boshida belgilagan asosiy maqsadlardan biri edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi