«Tottenhem» himoyachisi va jamoa sardori Mikki van de Ven APLda ketma-ket aniq uzatmalar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
Niderlandiyalik futbolchi «Chelsi»ga qarshi uchrashuvning 39-daqiqasidan boshlab ketma-ket 191 ta uzatmani aniq amalga oshirdi.
U «Chelsi» bilan bahsda 39 ta, «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda 123 ta va «Lids» bilan uchrashuvda 28 ta uzatmani xatosiz bajargani qayd etildi.
So‘nggi uchrashuvlarda «Tottenhem»ning natijalari yaxshilandi. Van de Venning ishonchli harakatlari jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi ijobiy natijalariga ham hissa qo‘shmoqda.
Londonliklar oxirgi 3 ta bahsning 2 tasida g‘alaba qozonib, Angliya chempionati turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarildi. «Taqachilar» navbatdagi turda «Ipsvich»ga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq «Liverpul» Van Deykka o‘rinbosar sifatida Van de Venni ko‘rayotgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi