«Liverpul» «Tottenhem» himoyachisi Mikki Van de Venning transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 25 yoshli niderlandiyalik futbolchini 35 yoshli Virjil Van Deykning ehtimoliy o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. «Manchester Yunayted» ham himoyachining vaziyatini kuzatmoqda, biroq uning transferiga qiziqishi «Liverpul»nikiga qaraganda pastroq.
Van de Venning «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Himoyachining kelishuviga tovon puli bandi kiritilmagan. Shu sababli London klubi futbolchi uchun 80-90 million funt, ya’ni taxminan 93-104 million yevro talab qilishi mumkin.
Niderlandiyalik himoyachi ushbu mavsum barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Van de Venning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.