Live
1
O'zbek

«Parma» bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

Futbol
27 sentabr, 13:00
Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2025-yil yozida qabul qilib olgandi.
«Parma» bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Foto: Getty Images

«Parma» klubi bosh murabbiy Karlos Kuesta Garsiya bilan hamkorlikni yakunlaganini ma’lum qildi.

31 yoshli ispan mutaxassisi jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Kuesta «Parma»ni 2025-yil yozida qabul qilib olgan va shundan buyon Italiya klubini boshqarib kelayotgandi.

Bu mavsumda «Parma»ning natijalari qoniqarsiz bo‘ldi. Jamoa A Seriyada o‘tkazgan dastlabki 5 ta uchrashuvining faqat bittasida g‘alaba qozondi. Yana bir o‘yinda durang qayd etgan parmaliklar uchta bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Mavsum startidagi bunday natijalardan so‘ng klub rahbariyati murabbiylar shtabida o‘zgarish qilishga qaror qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Kuesta «Parma»ga kelguniga qadar Angliyada faoliyat olib borgan. U 2020-yildan boshlab Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal» murabbiylar shtabi a’zosi bo‘lgan.

Ispaniyalik mutaxassis London klubida besh yil davomida ishlaganidan so‘ng mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlash uchun «Parma» taklifini qabul qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Parma Parma
Bugungi yangiliklar