«Liverpul» markaziy hujumchisi Aleksandr Isak Shvetsiya milliy jamoasi ixtiyorida jarohat oldi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
27 yoshli futbolchi jarohati sabab «Liverpul» ixtiyoriga qaytadi. Shu sababli u Shvetsiya milliy jamoasining Millatlar ligasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchta bahsida ishtirok eta olmaydi.
«Liverpul» ma’lumotiga ko‘ra, Isakning jarohati jiddiy emas. Yaqin vaqt ichida futbolchining holati klub shifokorlari tomonidan qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Isak ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida «Liverpul» safida beshta bahsda maydonga tushdi. Shvetsiyalik hujumchi ushbu o‘yinlarda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi