Live
1
O'zbek

Mbappening jarohat olishiga Turkiyadagi maydon holati sabab bo‘lgani aytildi

Futbol
27 sentabr, 12:00
Maydon qoplamasining talab darajasida bo‘lmagani sabab Kilian muvozanatni yo‘qotib, tizzasi bilan noto‘g‘ri harakat qilg
Mbappening jarohat olishiga Turkiyadagi maydon holati sabab bo‘lgani aytildi
Foto: Getty Images
25.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Turkiya Turkiya 0 : 1 Fransiya Fransiya

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasining Turkiyaga qarshi o‘yinida (1:0) jarohat olgandi.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, Fransiya milliy jamoasi tibbiy shtabi futbolchining jarohat olishiga Turkiyadagi maydonning yomon holati asosiy sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, maydon qoplamasining talab darajasida bo‘lmagani tufayli Mbappe muvozanatni yo‘qotgan va tizzasi bilan noto‘g‘ri harakat qilgan. Natijada fransiyalik yulduz jarohat olgan.

Bungacha OAVda hujumchining jarohatiga boshqa omil sabab bo‘lgani ham muhokama qilingandi. Xususan, Mbappe yangi butsalar tufayli jarohatlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining jarohati jiddiy emas. Mbappe bir necha hafta davomida maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.

Shu bilan birga, «Real» yetakchisi tiklanish jarayonini o‘z vaqtida yakunlab, «Barselona»ga qarshi navbatdagi «klassiko»da ishtirok etishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar