Live
2
O'zbek

Zidan Fransiya milliy jamoasida tarixiy natijani qayd etdi

Futbol
26 sentabr, 07:00
Fransiya milliy jamoasi Zinedin Zidan boshqaruvidagi ilk bahsida Turkiyani mag‘lub etdi.
Zidan Fransiya milliy jamoasida tarixiy natijani qayd etdi
Foto: Getty Images
25.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Turkiya Turkiya 0 : 1 Fransiya Fransiya

UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turida Fransiya safarda Turkiya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsdagi yagona gol 54-daqiqada Kiliyan Mbappe tomonidan kiritildi.

Mazkur bahs Zinedin Zidan uchun Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yin bo‘ldi. OptaJean ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassis 1994-yildan buyon milliy jamoa boshqaruvidagi debyut bahsida g‘alaba qozongan ilk fransiyalik murabbiyga aylandi.

Ma’lumot uchun, bundan 32 yil avval, 1994-yilda Eme Jakening ham Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk bahsi g‘alaba bilan yakunlangan. O‘sha bahsda fransuzlar Italiya ustidan zafar quchgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar