Live
1
O'zbek

«Men hech narsani bilmasligimni bilaman» — «Man Siti» ustozi moliyaviy qoidabuzarliklar haqida

Futbol
26 sentabr, 08:04
«Shaharliklar» haqidagi savolga Mareska Suqrot iqtibosi bilan javob berdi.
«Men hech narsani bilmasligimni bilaman» — «Man Siti» ustozi moliyaviy qoidabuzarliklar haqida
Foto: Getty Images
11.10.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» bosh murabbiyi moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha savolga ijtimoiy tarmoqdagi yozuvi orqali munosabat bildirdi.

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareskadan klubning moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgani haqida fikr so‘raldi.

The Guardian xabariga ko‘ra, murabbiyning vakillari javoban uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirgan qadimgi yunon faylasufi Suqrot iqtibosining skrinshotini yuborgan.

«Men hech narsani bilmasligimni bilaman», — deya Suqrotning mashhur iborasini keltirgan Mareska.

Murabbiy ushbu iqtibos yoniga yana «Nafas rostlash vaqti. Tahlil qilish vaqti. O‘rganish vaqti», deya yozgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Angliya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» Premer-liganing moliyaviy qoidalarini buzish bo‘yicha 115 ta banddan 114 tasi yuzasidan aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Da’volar moliyaviy ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar hamda moliyaviy nazorat talablariga rioya qilish kabi masalalarni qamrab olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar