Live
1
O'zbek

Manchini «Manchester Siti»da ikki xil shartnomaga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Futbol
26 sentabr, 06:49
Italiyalik mutaxassis bilan bog‘liq ehtimoliy kelishuvlar klubning moliyaviy qoidalarni chetlab o‘tgani tilga olindi.
Manchini «Manchester Siti»da ikki xil shartnomaga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy qoidalar buzilgani haqidagi ishda sobiq bosh murabbiy Roberto Manchini bilan bog‘liq holatlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 2009–2013 yillarda «Manchester Siti»ni boshqargan italiyalik mutaxassis ikki xil shartnomaga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ulardan biri «Manchester Siti» bilan tuzilgan bo‘lib, unda Manchini soliqlar chegirilganidan keyin 1,69 million yevro olgan.

Ikkinchi shartnoma esa shayx Mansurga tegishli bo‘lgan «Al Jazira» klubi bilan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu kelishuv bo‘yicha Manchini yiliga to‘rt ish kunini talab qiladigan konsultatsiya xizmatlari uchun 2,03 million yevro olgan.

Ayblov tomonining versiyasiga ko‘ra, Manchini bilan bog‘liq Italy International Services kompaniyasi har chorakda «Manchester Siti»ga konsultatsiya xizmatlari uchun hisob-fakturalar yuborgan. Klub esa mablag‘larni Abu Dhabi United Group kompaniyasiga o‘tkazgan. Keyinchalik ushbu mablag‘lar «Al Jazira»ga yuborilgan va klub Manchini bilan hisob-kitob qilgan.

Manbada qayd etilishicha, mazkur sxema UEFA va Angliya Premyer-ligasining moliyaviy feyr-pley qoidalarini chetlab o‘tish maqsadida ishlab chiqilgani aytilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar