Live
1
O'zbek

«MYU» «Sanderlend» hujumchisiga qiziqmoqda

Futbol
26 sentabr, 06:44
«Qora mushuklar» 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun 50 million funt talab qilishi mumkin.
«MYU» «Sanderlend» hujumchisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Flashscore xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» qishki transfer oynasi oldidan 24 yoshli hujumchini kuzatmoqda. «Sanderlend» esa niderlandiyalik futbolchining transfer qiymatini 50 million funt, ya’ni taxminan 58 million yevro deb baholamoqda.

Shu bilan birga, «Sanderlend» Brobbini sotishga ehtiyoj sezmayapti. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Brobbi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik hujumchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Sanderlend Sanderlend
Bugungi yangiliklar