Live
3
O'zbek

U-17 JCh. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi turnirning ilk bahsida Kot-d'Ivuarga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
20 noyabr, 13:06
    80
Sergey Chigodayev jamoasi 23-noyabr kuni turnirning 2-turida Yamaykaga qarshi o‘ynaydi.
U-17 JCh. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi turnirning ilk bahsida Kot-d'Ivuarga mag‘lub bo‘ldi
Фото: ЎФА
20.11.2026 FT U-17 Jahon chempionati Ivory mushugi (U17) Ivory mushugi (U17) 2 : 1 O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi turnirdagi ilk bahsini Kot-d'Ivuarga qarshi o‘tkazdi. Unda Afrika vakillari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘smirlar jamoasi safida yagona gol Muhammad Hakimov hisobiga yozildi.

Ma’lumot uchun, Sergey Chigodayev jamoasi 23-noyabr kuni turnirning 2-turida Yamaykaga qarshi o‘ynaydi. Guruhning yana bir o‘yinida Italiya Yamaykani 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

U-17 JCh. 1-tur
Kot-d'Ivuар — O‘ZBEKISTON 2:1
Gollar:
Yao 7, Diarrassuba 88 – Muhammad Hakimov 51.
O‘zbekiston — Olimjon Shomurodov, Jahongirmirzo O‘ktamboev (Adis Abdunabiyev 46, Muhammadaziz Ro‘ziboyev 83), Mirjamol Anvarov, Muhammad Hakimov, Abubakir Rahimov, Mirkomilbek Murodov (Muhammadjon Mamatov 74), Islom Ravshanov, Ahrorbek Ravshanbekov (Habibulloh Toxirov 70), Amирxon Erkinov, Suhrob Sadirjonov (Laziz Abduraimov 46), Asilbek Aliyev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ivory mushugi (U17) Ivory mushugi (U17)
  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
  • U-17 Jahon chempionati U-17 Jahon chempionati
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

80 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar