Bugun
42
O'zbek

Millatlar ligasi. Fransiya Turkiyani minimal hisobda mag‘lub etdi, Italiya o‘z maydonida Belgiyaga yutqazib qo‘ydi

Futbol
25 sentabr, 16:44
    4
Zidanning debyuti omadli chiqdi.
Millatlar ligasi. Fransiya Turkiyani minimal hisobda mag‘lub etdi, Italiya o‘z maydonida Belgiyaga yutqazib qo‘ydi
Фото: Getty Images

Yevropada Millatlar ligasi 1-tur uchrashuvlari davom etadi. Italiya o‘z maydonida Belgiyani qabul qildi. Unda mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Godts va Lukebakio gollarga mualliflik qildi.

Fransiya esa Turkiya mehmoni bo‘ldi. Unda Kilian Mbappening yagona goli evaziga «uchranglilar» muvaffaqiyat qozondi. Bu Zidanning milliy jamoadagi debyut bahsidagi g‘alabasiga aylandi. Turkiya 88-daqiqada maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Darvozabon Chaqir chetlatildi.

Millatlar ligasi. 1-tur
Italiya — Belgiya 0:2
Gollar:
Godts 20, Lukebakio 69
Italiya
– Donnarumma, Di Lorenso, Manchini, Koppola (Skalvani, 65), Kalafiori, Tonali, Romano (Frattesi, 65), Barella, Kambyagi, Esposito (Maldini, 65), Ken.
Belgiya – Lammens, Kastan, Mechele, Ngoy, De Kuyper, Raskin (Laviya, 74), Tilemans, Godts, De Bryuyne (Vanakin, 58), Moreyra (Lukebakio, 58), de Ketelare (Lukaku, 83).

Turkiya — Fransiya 0:1
Gol:
Mbappe 54
Turkiya: Chaqir, Chelik, Demiral, O‘zjan, Kadiog‘li, Bardakchi, Uzun, Yuksek, Guler, Oyдин (Elmali, 76), Yilmaz (Bayindir, 89).
Fransiya: Menyan, Tryuffer, Upamekano, Lakrua, Kunde, Kone, Rabyо, Sherki (Kamavinga, 79), Dembele, Olise (Barkolya, 79), Mbappe (Due, 59).
Chetlatish: Chaqir 88.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar