Live
14
O'zbek

Zidan sartaroshlarga Fransiya milliy jamoasi bazasiga kirishni taqiqladi

Futbol
25 sentabr, 10:40
Endi yig‘in vaqtida begona shaxslar jamoa safiga kira olmaydi.
Zidan sartaroshlarga Fransiya milliy jamoasi bazasiga kirishni taqiqladi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Klerfontendagi jamoa bazasida kundalik hayot tartibiga o‘zgartirishlar kirita boshladi.

L’Équipe nashri yozishicha, mutaxassis futbolchilarning sartaroshlarini milliy jamoa bazasiga kiritmaslikka qaror qilgan. Umuman olganda, yig‘in boshlanganidan so‘ng endi begona shaxslarning baza hududiga kirishi taqiqlanadi.

Zidan o‘z jamoasini «tayyor» holatda va oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘liq yo‘naltirilgan holda ko‘rishni istamoqda.

Bugun, 25-sentabr kuni fransuzlar Millatlar ligasining 1-turida Turkiyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar