Live
14
O'zbek

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston AQShdan ustun keldi

Boshqalar
25 sentabr, 11:35
    10
O‘zbekiston-2 jamoasi ham 9-turni ishonchli o‘tkazdi.
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston AQShdan ustun keldi
Фото: Chess Uzbekistan

Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar asosiy jamoasi 9-turda turnir favoritlaridan biri bo‘lgan AQShni mag‘lub etdi.

Dastlab 4-doskada dona surgan Muhiddin Madaminov kuchli raqib Levon Aronyan bilan durang o‘ynadi (u o‘tgan turda yutqazib qo‘ygan Shamsiddin Vohidov o‘rnini egallagandi). Shundan keyin Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida uchinchi o‘rinda turuvchi Fabiano Karuanani taslim bo‘lishga majbur etdi. Ammo Javohir Sindarov yana bir nomdor shaxmatchi Uesli So bilan o‘yinda qiyin vaziyatga tushib qoldi va yakunda bu vaziyatdan chiqib keta olmadi va umumiy hisob tenglashdi: 1,5-1,5.

Shundan keyin o‘zbekistonlik shaxmat ishqibozlari bor e’tiborini Nodirbek Yoqubboyevning o‘yiniga qaratishdi. O‘tgan turda yutqazib qo‘ygan ushbu shaxmatchi esa bu safar ishonchni oqladi va Hans Nimannga qarshi kechgan o‘ta qiyin bahsda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va yakuniy hisob quyidagicha ko‘rinish oldi: 2,5-1,5. O‘zbekiston asosiy jamoasi 9 turdan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston-2 jamoasi ham 9-turni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 13 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda turgan Niderlandiyaga qarshi bahsda O‘zbekiston-2 3,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar