«Barselona» klubi himoyachisi Ronald Arauxoni ortga qaytarmoqchi emas. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Urugvaylik 27 yoshli futbolchi o‘tgan yozda ijara asosida «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan. Kelishuvda angliyaliklar futbolchini 55 million yevro evaziga to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega.
Hozirda «Barselona» Arauxoning «qizillar»dagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq kataloniyaliklarning maqsadi futbolchini jamoaga qaytarish emas. Jamoa bosh murabbiyi Hansi Flikka boshqa uslubdagi himoyachilar ma’qul va mutaxassis urugvaylik futbolchiga kelajak rejalarida katta o‘rin ajratmayapti.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» esa Arauxoni to‘liq sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.