Italiya Superkubogi uchun «Inter» va «Latsio» o‘rtasidagi uchrashuv 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar berdi.
A Seriya Ligasi kengashi musobaqa reglamentini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, Superkubok amaldagi Italiya chempionining uy stadionida o‘tkazilishi kerak. Shu tariqa, «Inter» va «Latsio» o‘rtasidagi bahs Milandagi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, «Inter» o‘tgan mavsumda Italiya chempioni bo‘lish bilan birga, mamlakat Kubogida ham g‘olib chiqqan. «Latsio» esa so‘nggi Kubok musobaqasida finalga qadar yetib borgan.
Shuningdek, Italiya Superkubogi uch yildan so‘ng ilk bor bir o‘yinlik formatda o‘tkaziladi. So‘nggi uch mavsumda sovrin uchun to‘rtta jamoa ishtirokidagi format qo‘llanilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Napoli» o‘tgan mavsum o‘z tarixida 3-bor Italiya Superkubogida g‘alaba qozongandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi