Bugun
27
O'zbek

«MYU» 21 million yevroga yangi darvozabon sotib olishi mumkin

Futbol
24 sentabr, 06:45
Argentinalik darvozabon Santyago Beltranga «Manchester Yunayted» va yana uchta top-klub qiziqish bildirmoqda.
«MYU» 21 million yevroga yangi darvozabon sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

21 yoshli futbolchiga «Chelsi», «Inter» va «Portu» ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol insayderi Ekrem Konur ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Beltranning shartnomasida 2027 yil oxirigacha amal qiladigan 21 million yevrolik tovon puli mavjud. Argentinalik klub esa kelasi yili darvozabonni sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Beltran «River Pleyt» safida 2025 yil yanvaridan buyon to‘p tepmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil dekabr oyining oxirigacha mo‘ljallangan.

Hozircha «Manchester Yunayted» tomonidan futbolchi uchun rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q. Biroq ingliz klubi bilan bir qatorda «Chelsi», «Inter» va «Portu»ning ham qiziqishi transfer uchun raqobatni kuchaytirishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • River Plate River Plate
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Inter Inter
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar