O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev Eronga qarshi o‘rtoqlik bahsidan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.
«Qiyin o‘yin bo‘ldi. Stadionga kelgan muxlislarga rahmat. Ular ham Farg‘onada ajoyib atmosferani tashkil qilib berishdi. Ikki milliy jamoada gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi. Ayrim holatda biz ustunlik qildik. Ayrimlarida raqib. Ammo baribir g‘alaba qozonganimiz o‘zbekistonlik muxlislarga ma’qul keldi deb o‘ylayman.
- Eronni uchinchi marta yutayotganimizning siri nimada?
- Hozir o‘zbek futbolida yaxshi davr yuzaga keldi. To‘g‘ri, bundan oldin ham yaxshi davr bo‘lgan. Lekin o‘shanda nimadir yetishmagan bo‘lishi mumkin. Bu safargi g‘alabamiz esa butun jamoa bo‘lib o‘ynaganimiz natijasi deb o‘ylayman», - dedi Fayzullayev.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi