Bugun
27
O'zbek

«MYu» va «Tottenhem» Matanovichga qiziqish bildirmoqda

Futbol
24 sentabr, 15:36
Igorning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.
«MYu» va «Tottenhem» Matanovichga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» va «Tottenhem» Xorvatiya milliy jamoasi hamda «Frayburg» hujumchisi Igor Matanovichning transferini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, Germaniya klubi 23 yoshli forvardni yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida sotishga rozi bo‘lishi ehtimoli past. Shunga qaramay, Angliyaning bir qator klublari futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda.

«Tottenhem» Matanovichni hujumchi Risharlisonga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. London klubi xorvatiyalik forvardning universalligi va gol urish qobiliyatini yuqori baholamoqda.

Matanovich bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Igorning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar