«Tottenhem» himoyachisi Pedro Porro jarohat sabab taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik futbolchi sonining orqa qismidan jarohat olgan. Shu sababli, u Ispaniya milliy jamoasining Millatlar Ligasi guruh bosqichidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, 26 yoshli futbolchi 10 oktabr kuni «taqachilar»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvida ham jamoasiga yordam bera olmaydi. Porrоning 24 oktabr kuni «Chelsi»ga qarshi London derbisida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, himoyachi ushbu mavsum APLda 3 ta o‘yin o‘tkazib, gol yoki assist amalga oshirmagan. Avvalroq «Tottenhem» APL bu mavsumidagi ilk golini 445 daqiqadan so‘ng urgani ma’lum qilingandi.