«Chelsi» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» qishki transfer oynasi vaqtida o‘zbekistonlik 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Abduqodir «shaharliklar»ning asosiy tarkibida muntazam ravishda maydonga tusha oladimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Shu bois «Chelsi» himoyachining vaziyatini sinchiklab o‘rganmoqda.
Shuningdek, yana Angliya Premyer-ligasining uchta klubi Husanovni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Bu mavsumda Abduqodir barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi