Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eronga qarshi oʻrtoqlik bahsidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Ikki markaziy himoyachi bilan oʻynashga oʻtdik. Bu Srechko Katanets ketganidan keyin amalga oshdi. Bunday taktikada ikkita himoyachi bilan oʻynashdan qoʻrqmaysizmi?
- Yoʻq, chunki zamonaviy futbol aynan shunday tuzilgan. Aytaylik, siz oldinga chiqib, raqibni ortingizda qoldirib, chiziqni buzishdan qoʻrqsangiz, u holda koʻproq qiynalasiz. Shuni hisobga olib, ularga pressing qilishga qaror qildik, himoyachilarga oldinga chiqishni va qoʻrqmaslikni aytdik. Hammasi baribir jamoaning qanday ishlashiga bogʻliq. Agar bizning yarimhimoyachilar va hujumchilar toʻgʻri pressing qilsa, biz muammosiz maydonning oʻsha qismigacha koʻtarila olamiz. Oʻylaymanki, birinchi boʻlimda raqibga yaxshi bosim oʻtkazdik, muammolarni yarata oldik. Jahon chempionatini unutishimiz kerak. Bu turnirda biz har qanday raqibga duch kelishimiz mumkin va bunga tayyor boʻlishimiz shart».
- Aziz Gʻaniyev uzoq vaqt oʻynamagan pozitsiyada — markazda, xohlagan joyiga harakat qilib erkin oʻynadi. U sizning koʻrsatmalaringizni bajara olmadimi yoki siz unga maydonda shunchalik erkinlik berdingizmi?
- Yoʻq, yoʻq. Hech kimda erkinlik yoʻq. Takror aytaman, biz erkin futbol oʻynamaymiz, biz oʻz tizimimizga ishonamiz. 4-3-3 sxemasida oʻynash uchun juda dinamik boʻlish kerak. Qachon chiziqda qolishni, qachon qanotga oʻtishni va qachon himoyachilar ortiga yugurishni tushunishingiz shart. Hakimov bilan ham, Aziz bilan ham bizda muammo yoʻq — ularning ikkalasi ham yarimhimoyachi va ikkinchi boʻlimda Aziz ham xuddi shu ishni bajardi. Bizda erkin roldagi futbolchilar yoʻq. Albatta, sizda Oʻrunov kabi futbolchilar boʻlsa, ularda bu tizimda qanotlarda oʻynash boʻyicha yetarlicha tajriba boʻlmasligi mumkin, ammo biz bundan maksimal darajada foydalanishga harakat qilyapmiz. Kelajakda balki yana 4 ta himoyachi bilan oʻynarmiz. Men uchun 4-3-3 sxemasi muammo emas, barchasi raqibga bogʻliq», - dedi Kannavaro oʻyindan keyingi matbuot anjumanida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi