O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne’matov kichik jarohati sabab Eronga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, futbolchining jarohati jiddiy tus olmasligi uchun murabbiylar shtabi uni ushbu bahsda maydonga tushirmaslikka qaror qilgan.
Shu tariqa Ne’matov Eron milliy jamoasiga qarshi bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasiga yordam bera olmaydi.